Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Saudiya Pro-ligasi. «An-Nasr» kutilmaganda «Al-Qodisiya»ga yutqazib qo‘ydi, Ronaldu gol ura olmadi (videosharh)

Saudiya Pro-ligasi. «An-Nasr» kutilmaganda «Al-Qodisiya»ga yutqazib qo‘ydi, Ronaldu gol ura olmadi (videosharh)

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni Pro-Ligasi 2025/2026 mavsumining 31-turida «Al-Qodisiya» va «An-Nasr» jamoalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Dammam shahridagi «Prins Saud bin Jalaviy Sports Siti» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda maydon egalari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

24-daqiqada «Al-Qodisiya» himoyachisi Muhammad Abu Ash-SHamat hisobni ochdi. 39-daqiqada mehmonlar hujumchisi Joau Feliks hisobni tenglashtirdi. 55-daqiqada yarim himoyachi Musab Al-Juvayr mezbonlarni yana oldinga olib chiqdi. 78-daqiqada esa hujumchi Xulian Kinyones «An-Nasr» darvozasiga uchinchi golni kiritdi.

Mehmonlar safida portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi, biroq samarali harakatlar bilan ajralib tura olmadi.

«An-Nasr» shunga qaramay, chempionat turnir jadvalida 31 ta o‘yindan keyin 79 ochko bilan birinchi o‘rinda qolmoqda. Ikkinchi o‘rinda borayotgan va bir o‘yin zaxirasiga ega «Al-Hilol»dan farq 5 ochkoni tashkil etadi. «Al-Qodisiya» esa 68 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onaga ko‘tarildi.

Saudiya Arabistoni — Pro-Ligasi, 31-tur
3 may 2026 yil, Dammam
«Al-Qodisiya» — «An-Nasr» 3:1
Gollar: Abu Al-SHamat 24, Feliks 39, Al-Juvayr 55, Kinyones 78.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 05:48, 04.05.2026.
O'qildi: 1940 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик