Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Inter» prezidenti klubning transfer rejalari va jamoa strategiyasi haqida gapirdi

«Inter» prezidenti klubning transfer rejalari va jamoa strategiyasi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi prezidenti Juzeppe Marotta jamoaning transfer maqsadlari haqidagi savolga javob berdi.

«Neradzurrilar» A Seriyadagi vazifasini bajarib bo‘ldi: Kristian Kivu shogirdlari mavsum yakuniga uch tur qolganda chempionlikni kafolatlashdi. Oldinda esa «Lasio»ga qarshi Italiya Kubogi finali kutmoqda.

«Hozir transferlarni muhokama qilish uchun eng munosib vaqt emas, lekin bizning rejalarimiz va g‘oyalarimiz aniq. Bizda o‘zagini italiyaliklar tashkil etuvchi kuchli jamoa bor. Biz bu yo‘nalishda ishlashda davom etmoqchimiz — tarkibni yosh italiyalik iqtidorlar bilan kuchaytirishdan mamnun bo‘lamiz, lekin, albatta, faqat ular bilan cheklanib qolmaymiz. Biz uchun tajribali xorijlik futbolchilarni taklif qilish ham muhim. Hamma biladiki, faqat yoshlar bilan g‘alaba qozonib bo‘lmaydi — to‘g‘ri muvozanat (balans) juda muhim», — dedi Marotta DAZN bilan suhbatda.

«Inter» 35 turdan so‘ng 82 ochko jamg‘ardi. «Napoli» bilan oradagi farq 12 ochkoni tashkil etmoqda.

Kiritildi: 12:18, 04.05.2026.
O'qildi: 374 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик