«Liverpul» Angliya chempionatining joriy mavsumidagi 11-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Arne Slot shogirdlari 35-tur doirasida safarda «Manchester Yunayted»ga imkoniyatni boy berishdi — 2:3. APLning bir mavsumida 11 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lish — mersisaydliklar uchun so‘nggi 11 yildagi eng yomon natija hisoblanadi. Bundan yomonroq ko‘rsatkich oxirgi marta 2014/15 yilgi mavsumda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda jamoa 12 bor mag‘lubiyatga uchragan edi.
Ushbu chempionatda «Liverpul»ni mag‘lub etgan jamoalar: «MYU» (ikki marta), «Manchester Siti» (ikki marta), «Brayton», «Vulverxempton», «Bornmut», «Nottingem Forest», «Brentford», «Chelsi» va «Kristal Pelas».













