Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

Italiya grandi «Real» qiziqayotgan yarim himoyachi transferini ko‘zlamoqda

Italiya grandi «Real» qiziqayotgan yarim himoyachi transferini ko‘zlamoqda

Baho:
+ | -

Italiyaning «Yuventus» klubi «Manchester Siti» yarim himoyachisi Tijani Reyndersni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

27 yoshli niderlandiyalik futbolchi o‘tgan yozda 50 million yevro evaziga «Milan»dan «Manchester Siti»ga o‘tgan edi. Biroq jamoada muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani sababli, Reynders klubni tark etish haqida o‘ylanib qolgan bo‘lishi mumkin. Avvalroq unga Madridning «Real» klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Reynders A Seriyada to‘p tepish tajribasiga ega ekanligi «keksa sinyora» uchun qo‘shimcha ustunlik hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Tijani Reynders joriy mavsumda «Manchester Siti» safida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 60 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 19:36, 04.05.2026.
O'qildi: 1108 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик