Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya

«Atletik» yangi bosh murabbiy tayinlanganini rasman e’lon qildi

«Atletik» yangi bosh murabbiy tayinlanganini rasman e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Atletik» jamoaning yangi bosh murabbiyi borasida bir qarorga keldi. Joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng, basklar klubi ustozi lavozimini Edin Terzich egallaydi. Mutaxassisning tayinlangani haqida «Atletik» rasmiy saytida xabar berildi.

42 yoshli murabbiy bilan kelishuv 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Bungacha Terzich Dortmundning «Borussiya» jamoasida faoliyat yuritgan. Shuningdek, uning murabbiylik faoliyati davomida «Vest Xem» va «Beshiktosh» klublari ham bo‘lgan.

«Atletik» Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida 34 turdan so‘ng 44 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinini 10 may kuni o‘z maydonida Ispaniya chempionatining 35-turi doirasida «Valensiya»ga qarshi o‘tkazadi.

Kiritildi: 15:28, 05.05.2026.
O'qildi: 889 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик