Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Sarri "Roma" bilan o‘yinning erta boshlanishini tanqid qildi

Sarri "Roma" bilan o‘yinning erta boshlanishini tanqid qildi

Baho:
+2 | -

«Lasio» bosh murabbiyi Maurisio Sarri A Seriya rahbariyatining «Roma»ga qarshi derbi uchrashuvi vaqtini belgilash borasidagi qarorini keskin tanqid qildi. Rim derbisi 17 may kuni soat 12:30 da (mahalliy vaqt bilan) boshlanishi belgilangan.

«Mavsum boshida biz derbini 37 daraja issiqda o‘tkazgandik, endi esa may oyida, kunning qoq yarmida o‘ynashga majbur qilishmoqda. Bu Rim shahriga, ikki buyuk klubga va muxlislarga nisbatan haqoratdir. Buning uchun kimdir javob berishi kerak», — deya Sarrining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda DAZN.

«Umid qilamanki, bizni bu vaqtda o‘ynashga majbur qilishmaydi. Buni taklif qilgani uchun ham kimdir iste’foga chiqishi kerak. Hoziroq aytib qo‘yaman, agar ular shunday qilishsa, men norozilik belgisi sifatida matbuot anjumaniga chiqmayman. Rahbariyatdan so‘rab ko‘ring-chi, nima uchun ular «Inter» yoki «Milan»ni aynan shu vaqtda o‘ynashga majbur qilishmadi?», — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Hozirda «Lasio» chempionatda sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi va Chempionlar ligasiga chiqish imkoniyatini allaqachon yo‘qotgan. Jamoani mavsum so‘nggida shiddatli bahslar, jumladan, Italiya kubogi finalida «Inter»ga qarshi o‘yin kutmoqda.

Kiritildi: 16:22, 05.05.2026.
O'qildi: 556 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик