Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal - Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Troy Dini: «Kerrik boshqaruvidagi «MYU» Sulsher davridagidan nimasi bilan farq qiladi?»

Troy Dini: «Kerrik boshqaruvidagi «MYU» Sulsher davridagidan nimasi bilan farq qiladi?»

Baho:
+ | -

«Uotford» klubining sobiq futbolchisi Troy Dini Maykl Kerrik qo‘l ostidagi «Manchester Yunayted» jamoasining o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men haligacha ularning o‘yin uslubi qanday ekanligini tushunmayapman. Ular raqib yarim maydonida harakat qiladigan agressiv jamoami yoki himoyada past blokda o‘tiradigan jamoami? Buni bilmayman, chunki har hafta ularning o‘yin uslubi o‘zgarib bormoqda. Ularning ishtirokidagi o‘yinlar u qadar ajoyib bo‘lmadi. To‘g‘ri, «Arsenal» va «Manchester Siti»ga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi, lekin barqarorlik yo‘q. Biz buni avval Ule Gunnar Sulsher davrida ham ko‘rgandik, u jamoa bilan ikkinchi o‘rinni egallagan edi. Keyin siz unga ishonib ishni topshirasiz, oradan 18 oy o‘tib esa, jamoani yangi bosqichga olib chiqa oladigan mutaxassis emasligi sababli uni ishdan bo‘shatasiz. Kerrik undan nimasi bilan farq qiladi? Bilmayman va menimcha, buni hech kim bilmaydi», — deya Dinining so‘zlaridan iqtibos keltiradi CBS Sport.

Hozirgi vaqtda «Manchester Yunayted» Angliya chempionati turnir jadvalida 35 turdan so‘ng 64 ochko jamg‘argan holda uchinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 20:52, 05.05.2026.
O'qildi: 364 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик