Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Kerrik avvalroq shifoxonaga yotqizilgan Aleks Fergyusonni qo‘llab-quvvatladi

Kerrik avvalroq shifoxonaga yotqizilgan Aleks Fergyusonni qo‘llab-quvvatladi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karrik jamoaning sobiq ustozi Aleks Fergyusonning sog‘lig‘i haqida gapirdi. Avvalroq shotlandiyalik mutaxassis Angliya Premyer-ligasi 35-turi doirasidagi «qizil iblislar» va «Liverpul» (3:2) o‘rtasidagi bahs oldidan o‘zini yomon his qilgani sababli shifoxonaga yotqizilgan edi.

«Bu xabar menga juda qattiq ta’sir qildi, faqat shuni ayta olaman. Umid qilamanki, u bilan hammasi joyida. Barchamiz ularning sog‘ayib ketishlarini istaymiz va eng ezgu tilaklarimizni yo‘llaymiz. Umid qilamanki, o‘yin natijasi unga oz bo‘lsa-da dalda bo‘ladi», — deya Kerrikning so‘zlarini keltiradi The Independent.

Ma’lumot uchun, Fergyuson 1986 yildan 2013 yilgacha «Manchester Yunayted»ni boshqargan. U jamoa bilan 38 ta sovrinni qo‘lga kiritgan, jumladan, 13 bor APL chempioni bo‘lgan va ikki marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Kiritildi: 21:00, 05.05.2026.
O'qildi: 708 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик