«Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays Chempionlar Ligasi 1/2 finali doirasidagi «Atletiko»ga qarshi javob uchrashuvining (1:0) eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 27 yoshli ingliz futbolchisi maydonda 90 daqiqa harakat qildi, 9,9 km masofani bosib o‘tdi va uning uzatmalari aniqligi 91 foizni tashkil etdi.
«Arsenal» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (birinchi o‘yin — 1:1) Chempionlar Ligasi finaliga yo‘l oldi. Endi «to‘pchilar» bosh sovrin uchun «PSJ» — «Bavariya» (birinchi o‘yin — 5:4) juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi. Final bahsi 30 may kuni Budapeshtdagi «Ferens Pushkash» stadionida bo‘lib o‘tadi.













