Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Rays: «Vest Xem»ning bunday holatda ekanini ko‘rish yoqimsiz»

Rays: «Vest Xem»ning bunday holatda ekanini ko‘rish yoqimsiz»

Baho:
+ | -

«Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays «Vest Xem»ning hozirgi holati haqida fikr bildirdi. Eslatib o‘tamiz, xavbek 2013 yildan 2023 yilgacha «bolg‘achilar» tizimida bo‘lgan.

«Bu klub menga hamma narsani bergan. «Vest Xem»siz men hozirgi darajamga chiqa olmasdim. Bunga chin dildan ishonaman. Ularning bunday ahvolda ekanini ko‘rish yoqimsiz, lekin bu futbol va mening bajarishim kerak bo‘lgan o‘z ishim bor. Biz chempionlik uchun kurashyapmiz. Kuchlisi g‘olib bo‘lsin», — deya Raysning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

APLning 36-turi oldidan «Arsenal» 76 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Vest Xem» esa 36 ochko bilan 18-o‘rinni egallab, xavfli hududda (jon saqlab qolish zonasi) bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Vest Xem» va «Arsenal» o‘rtasidagi uchrashuv 10 may kuni soat 18:30 da bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 15:40, 06.05.2026.
O'qildi: 348 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик