Myunxenning «Bavariya» klubi Chempionlar ligasi va Yevropa chempionlari kubogi tarixida «PSJ» uchun eng noqulay raqib hisoblanadi. Parijliklar safarda aynan «Bavariya»ga boshqa har qanday jamoadan ko‘ra ko‘proq mag‘lub bo‘lishgan.
Myunxenda o‘tgan yettita uchrashuvning beshtasi «Bavariya»ning g‘alabasi bilan yakunlangan, ulardan to‘rttasida mezbonlar ikki yoki uchta to‘p farqi bilan zafar quchishgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 6 may kuni Chempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi yarim finali doirasida «Bavariya» va «PSJ» jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.













