Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad
05/05 23:59 Arsenal 1-0 Atletiko
06/05 23:59 Bavariya - PSJ

Amerika telekanali JCH uchun 50 ming dollar maoshli maxsus lavozim o‘ylab topdi

Amerika telekanali JCH uchun 50 ming dollar maoshli maxsus lavozim o‘ylab topdi

Baho:
+ | -

Amerikaning Fox telekanali va Indeed ish qidirish platformasi 50 ming dollar maosh evaziga “Jahon chempionatining bosh tomoshabini” vakansiyasini e’lon qildi.

“Futbol bo‘yicha Jahon chempionati tarixiy turnir bo‘ladi, bu esa xodimlarni tanlashda ham tarixiy yondashuvni talab qiladi. Bitta ashaddiy nomzod ushbu go‘zal o‘yinni belgilab beruvchi har bir hikoyani, har bir jamoani va har bir hayajonli lahzani his qilish va boshdan kechirish uchun umridagi eng yaxshi ishga ega bo‘ladi”, deydi Fox Sports telekanali marketing bo‘yicha prezidenti Robert Gottlib.

Bo‘lajak xodimning majburiyatlariga turnirdagi barcha 104 ta o‘yinni tomosha qilish, kontent yaratish, shuningdek, Tayms-skverdagi (Nyu York) o‘yinlar translyasiyasi paytida o‘tkaziladigan tadbirlarda qatnashish kiradi. Ma’lumot uchun, guruh bosqichining so‘nggi tur o‘yinlari bir vaqtda o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika hududlarida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichidagi ilk o‘yinini Meksikada o‘tkazadi, qolgan ikki uchrashuv esa AQSHdagi stadionlarda bo‘lib o‘tadi. “Oq bo‘rilar” 18 iyun kuni birinchi turda Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvga Meksika poytaxtidagi “Asteka” stadioni mezbonlik qiladi. Jamoa ikkinchi tur doirasida 23 iyun kuni Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Mazkur bellashuv AQSHdagi “Xyuston” stadionida o‘tkazilishi belgilangan. Guruhdagi so‘nggi uchrashuv 28 iyun kuni “Atlanta” stadionida Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:06, 06.05.2026.
O'qildi: 273 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик