Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Luis Enrike va Mikel Arteta YECHL tarixida noyob natijani takrorlashdi

Luis Enrike va Mikel Arteta YECHL tarixida noyob natijani takrorlashdi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» Myunxenda «Bavariya» bilan durang o‘ynab (1:1), Chempionlar ligasining ikkinchi finalchisiga aylandi. Parijliklar o‘z maydonlaridagi 5:4 hisobidagi g‘alaba evaziga umumiy 6:5 hisobida ustun kelishdi. Finalda Fransiya grandi londonning «Arsenal» jamoasiga qarshi bahs olib boradi («kanonirlar» «Atletiko»ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:1 hisobida mag‘lub etgan).

Shunday qilib, kubok uchun kechadigan hal qiluvchi bahsda ikki ispaniyalik murabbiy — Luis Enrike va Mikel Arteta to‘qnash kelishadi. Opta ma’lumotlariga ko‘ra, bu Chempionlar ligasi tarixida vatandosh murabbiylar finalda o‘zaro ro‘baru kelayotgan to‘rtinchi holatdir. 2003 yilda dunyo italiyalik Marchello Lippi va Karlo Anchelotti dueliga guvoh bo‘lgan bo‘lsa, 2013 va 2020 yillarda kubok nemis mutaxassislari o‘rtasida o‘ynalgan: avvaliga Yupp Xaynkes Yurgen Kloppga qarshi, keyin esa Xans-Diter Flik Tomas Tuxelga qarshi.

Joriy mavsum finali 30 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 02:53, 07.05.2026.
O'qildi: 282 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик