Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Laymer: «Hamma narsani kichik detallar hal qildi»

Laymer: «Hamma narsani kichik detallar hal qildi»

Baho:
+ | -

«Bavariya» o‘ng qanot himoyachisi Konrad Laymer Chempionlar ligasi yarim finali doirasida «PSJ»ga qarshi kechgan javob o‘yinidan (1:1) so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. O‘tgan hafta Parijda 5:4 hisobida g‘alaba qozongan mehmonlarni bu durang to‘la qanoatlantirdi.

«Bunday tarzda musobaqani tark etish doim og‘ir. Bu darajadagi ikki o‘yinlik qarama-qarshiliklarda hamma narsani kichik detallar — atigi bir nechta qarorlar va bir nechta vaziyatlar hal qiladi. Menda o‘yin taqdirini o‘zgartira olishimiz mumkinligi haqidagi hissiyot bir lahza bo‘lsa ham tark etmadi. Yakunda, afsuski, g‘alaba qozona olmadik va bu juda alamli.

Bizga raqib darvozasi oldida hal qiluvchi harakat yetishmadi — ko‘p zarba yo‘llaganimiz va tez-tez raqib jarima maydonchasida paydo bo‘lganimizga qaramay, o‘sha yuz foizlik imkoniyatni topa olmadik. Golni juda kech urdik. Nazarimda, agar hisobni oldinroq tenglashtirganimizda, stadion yana "jonlangan" bo‘lardi — o‘shanda biz ruhlanib, g‘alabani ilib ketishimiz mumkin edi», — dedi Laymer DAZN nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 03:01, 07.05.2026.
O'qildi: 216 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик