Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

«Chelsi» Delapga o‘rinbosarni «PSJ»dan topdi

«Chelsi» Delapga o‘rinbosarni «PSJ»dan topdi

Baho:
+ | -

Hujumchi Liam Delap shu yozda «Chelsi»ni tark etishi mumkin. Ekrem Konurning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, London klubi allaqachon forvard o‘rniga nomzodlar qidirishni boshlagan.

«Ko‘klar»ning e’tibori «PSJ» hujumchisi Gonsalu Ramushga tushgan va ular portugaliyalik futbolchi uchun kurashga qo‘shilishga tayyor. Ushbu transfer poygasida Yevropaning yana bir nechta jamoalari ham ishtirok etmoqda.

Gonsalu Ramush 2024 yilda «Benfika»dan «PSJ»ga 65 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning parijliklar bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda Ramush barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning qiymatini 35 million yevroga baholamoqda, Muhammad Saloh.

Kiritildi: 15:40, 07.05.2026.
O'qildi: 214 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик