Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 23:59 Bavariya 1-1 PSJ
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna

Karrager «PSJ» murabbiyidan uzr so‘radi

Karrager «PSJ» murabbiyidan uzr so‘radi

Baho:
+ | -

«Liverpul» sobiq himoyachisi va hozirda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritayotgan Jeymi Karrager Fransiya klubi Chempionlar ligasi finaliga yo‘l olganidan so‘ng, «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrikedan ommaviy ravishda uzr so‘radi.

«PSJ» yarim final javob bahsida «Bavariya» bilan durang o‘ynab (1:1), ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 6:5 hisobida g‘alaba qozondi va ketma-ket ikkinchi bor musobaqa finaliga chiqdi. Endi ular Budapeshtda «Arsenal» bilan kuch sinashadilar.

O‘yindan so‘ng Enrike CBS kanali studiyasiga chiqdi. Karrager o‘yin tahlilidan oldin ikki yil oldingi voqeani eslashga qaror qildi. 2024 yilgi yarim finalda Karrager «Borussiya Dortmund» muxlislari bilan birga «PSJ»ga qarshi o‘yinni tomosha qilgan va nemis klubi sharfini taqib olgan edi. O‘shanda parijliklar mag‘lub bo‘lgach, Enrike CBS kanaliga intervyu berishdan bosh tortgandi.

«Luis, Dortmunddagi ishim uchun sizdan uzr so‘ramoqchiman. O‘shanda bo‘ynimda «Borussiya» sharfi bor edi, lekin hammamiz bilamizki, biroz ichgan odam gohida haddidan oshib ketishi mumkin. Shuning uchun meni kechiring. Bizga jamoangiz va uning o‘tgan yilgi ko‘rsatgan o‘yinlari juda manzur bo‘ldi. Oxirgi ikki mavsumda Chempionlar ligasida sizni kuzatish juda yoqimli bo‘ldi. Sizni yana bir bor final bilan tabriklayman, ajoyib ish, janob», — dedi Karrager to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda.

Enrike esa bunga javoban: «Rahmat, rahmat. Uzr so‘rashingizga hojat yo‘q», — deb javob qaytardi.

Kiritildi: 17:48, 07.05.2026.
O'qildi: 339 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик