"Arsenal" yozda "Nyukasl" himoyachisi Tino Livramentoni jamoaga taklif qilishni rejalashtirmoqda. Buhaqda Football Transfers xabarbermoqda.
Londonliklar allaqachon transfer borasida ish olib bormoqda. “To‘pchilar” Livramenoning agentlari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuv ijobiy ruhda o‘tgan.
Ma’lumot uchun, Tino "Nyukasl" safida 106 ta uchrashuv o‘tkazgan. Ularda himoyachi bitta gol urib, uchta golli uzatmani amalga oshirgan.













