Kirish Ro'yxatdan o'tish

Konferensiyalar Ligasi finalchilari ma’lum

Konferensiyalar Ligasi finalchilari ma’lum

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas» va «Rayo Valyekano» 2025/26 yilgi mavsumda Konferensiyalar Ligasining finalchilariga aylanishdi.

Yarim finalda Angliya klubi «Shaxtyor»dan ustun keldi (3:1, 2:1). Javob uchrashuvida londonliklar Pedro Enrikening avtogoli (25-daqiqa) va Ismaila Sarrning goli (52-daqiqa) evaziga g‘alaba qozonishdi. Mehmonlar safida Eginaldo (34-daqiqa) bitta javob to‘pini kiritdi.

Ispaniya jamoasi esa yarim finalda «Strasbur»dan kuchliroq ekanligini isbotladi (1:0, 1:0). Ikkinchi o‘yindagi yagona gol 42-daqiqada Alemao tomonidan kiritildi.

Konferensiyalar Ligasi finali 27 may kuni Leypsig (Germaniya) shahridagi «Red Bull Arena» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 02:16, 08.05.2026.
O'qildi: 1398 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик