Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Manchester Yunayted» «Real»dagi mojarodan foydalanib qolmoqchi

«Manchester Yunayted» «Real»dagi mojarodan foydalanib qolmoqchi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» Orelyen Chuamenini «Real»dan olib ketishni rejalashtirmoqda.

Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lum qilishicha, «qizil iblislar» Madrid klubidagi mojarodan foydalanish niyatida. Avvalroq Chuameni mashg‘ulot paytida Federiko Valverde bilan janjallashib, hatto mushtlashib ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shu sababli futbolchi intizomiy jazoga duch kelishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» ushbu vaziyatdan o‘z manfaati yo‘lida foydalanib, Chuameni transferini amalga oshirishni istamoqda.

Qayd etilishicha, manchesterliklar rahbariyati futbolchining agentlari bilan aloqaga chiqqan.

Manba: football24.ru
Kiritildi: 14:11, 08.05.2026.
O'qildi: 1891 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик