Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Figu «Real» haqida: «Yuz bergan voqea normal holat emas, lekin ularga Mourinyo kerak emas»

Figu «Real» haqida: «Yuz bergan voqea normal holat emas, lekin ularga Mourinyo kerak emas»

Baho:
+ | -

«Real Madrid» sobiq yarim himoyachisi Luish Figu jamoadagi vaziyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Kecha Federiko Valverde va Orelyen Tchuameni jamoa mashg‘uloti paytida mushtlashib ketgani haqida xabar berilgan edi. Natijada Valverde shifoxonaga yuborilgan va unga choklar qo‘yilgan. Jamoadoshlar o‘rtasidagi kelishmovchilik bir kun avval boshlangan edi. Mushtlashuvdan so‘ng klub zudlik bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi.

Konflikt haqida

«Real»da yuz bergan voqea — normal holat emas. Bu kabi maskanda bunday ishlar sodir bo‘lmasligi kerak, garchi bu birinchisi ham, oxirgisi ham bo‘lmasa-da. Kiyinish xonasidagi tushkunlik vaqtlarida bunday vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. 30 kishini boshqarish oson emas, ba’zan yo‘l qo‘yilmasligi kerak bo‘lgan xatolar bo‘lib turadi».

Joze Mourinyoning ehtimoliy qaytishi haqida

«Mening davrimda u tarjimonim, murabbiy yordamchisi, bosh murabbiy va do‘stim bo‘lgan. Men hech qachon uni haddan tashqari hukmron murabbiy deb his qilmaganman.

To‘g‘risini aytsam, klub va u yerdagi muhitni bilgan holda, Mourinyo kerak deb o‘ylamayman», — dedi Figu.

Kiritildi: 16:06, 08.05.2026.
O'qildi: 433 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик