Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arteta: «Bo‘lajak o‘yinning ahamiyatini tushunib turibmiz»

Arteta: «Bo‘lajak o‘yinning ahamiyatini tushunib turibmiz»

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Premyer-ligasining 36-turidan o‘rin olgan «Vest Xem Yunayted»ga qarshi bo‘lajak o‘yin (10 may) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bo‘lajak o‘yinning ikkala jamoa uchun naqadar muhimligini tushunib turibmiz. Nimani istayotganimizni va g‘alaba qozonish uchun qanday ishlarni amalga oshirishimiz kerakligini yaxshi anglaymiz.

Men har bir kundan zavq olyapman, yigitlar va klub xodimlari bilan ishlash menga huzur bag‘ishlaydi. O‘z ishimni yaxshi ko‘raman, bu men uchun katta sharaf. O‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish, hozirgi holatda esa «Vest Xem» bilan bahsga hozirlik ko‘rish menga yoqadi. Nima qilishimiz kerakligi, futbolchilar bilan qanday qilib eng yaxshi o‘zaro tushunishni shakllantirish, qanday o‘yin vaziyatlarini yaratish va agar kerak bo‘lsa, o‘yin tizginini qanday o‘zgartirish haqida o‘ylash — bularning barchasi menga zavq beradi», — deya Artetaning so‘zlarini keltiradi «kanonirlar» rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, «Vest Xem» va «Arsenal» o‘rtasidagi uchrashuv 10 may kuni Toshkent vaqti bilan 20:30da boshlanishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 20:38, 08.05.2026.
O'qildi: 836 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик