Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xabi Alonso «Real» borasida iqror bo‘ldi

Xabi Alonso «Real» borasida iqror bo‘ldi

Baho:
+ | -

Yanvar oyi o‘rtalarida Madridning «Real» klubi bosh murabbiyligidan ketgan ispaniyalik mutaxassis Xabi Alonso o‘z yaqinlariga iqror bo‘ldi.

AS nashrining xabariga ko‘ra, murabbiy o‘tgan yilning yozida «qirollik klubi»ni boshqarish qarorini xato bo‘lganini aytgan. Alonsoning fikricha, u taklifni unchalik mos bo‘lmagan vaqtda qabul qilgan.

Hozirda mutaxassis yangi ish joyi izlamoqda. Matbuotdagi xabarlarga ko‘ra, Alonso faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Uning xizmatlariga Londonning «Chelsi» va «Liverpul» klublari qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Real»dagi faoliyatidan avval Xabi Leverkuzenning «Bayer» jamoasini boshqargan va u bilan Bundesliga chempioniga aylangan edi.

Kiritildi: 14:35, 09.05.2026.
O'qildi: 6539 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик