Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ferran Torres «Barselona»ning «Real»ga qarshi o‘yindagi imkoniyatlarini baholadi

Ferran Torres «Barselona»ning «Real»ga qarshi o‘yindagi imkoniyatlarini baholadi

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Ferran Torres La Liga doirasida Madridning «Real» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadigan bo‘lajak o‘yin borasidagi kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi. Yakshanba kungi «el-klasiko»dagi g‘alaba yoki durang «ko‘k-anorranglilar»ni finishga uch tur qolganda chempionga aylantiradi.

«Yakshanba kuni har qanday voqea sodir bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lganda ham, «Real»da juda kuchli futbolchilar bor. Ammo hammasi o‘zimizga bog‘liq: o‘yinni qanday nazorat qilishimiz va bahsni qanday boshlashimizga. Menimcha, biz uch ochkoni qo‘lga kiritamiz va chempion bo‘lamiz. Menga bir necha bor «el-klasiko»larda ishtirok etish nasib qilgan, biroq bo‘lajak uchrashuv o‘ziga xos bo‘ladi», — deya Torresning so‘zlarini keltiradi Barca Universal.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 10 maydan 11 mayga o‘tar kechasi soat 00:00'da boshlanadi.

Kiritildi: 14:48, 09.05.2026.
O'qildi: 1198 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик