Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Manchester Yunayted» A Seriya yulduzini sotib olmoqchi

«Manchester Yunayted» A Seriya yulduzini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi «Atalanta» yarim himoyachisi Edersonni o‘z safiga qo‘shib olish harakatlarini davom ettirmoqda. UtdReport xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» bir necha haftadan buyon vositachilar orqali braziliyalik futbolchining vakillari bilan muzokara olib bormoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, ingliz grandi sport direktori Jeyson Uilkoks futbolchining iqtidorini yuqori baholagan. O‘z navbatida, yarim himoyachining agenti ham ushbu transfer amalga oshishidan manfaatdor. Hozircha klublar o‘rtasida yakuniy kelishuvga erishilmagan bo‘lsa-da, «Yunayted»ning qiziqishi jiddiy ekani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli Edersonning «Atalanta» bilan shartnomasi kelgusi yilning yozida nihoyasiga yetadi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 40 million yevroga baholagan.

Kiritildi: 05:36, 10.05.2026.
O'qildi: 899 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик