Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Kivu: «Bu jamoa har qanday maqtovga loyiq»

Kivu: «Bu jamoa har qanday maqtovga loyiq»

Baho:
+ | -

Italiya A Seriyasining 36-turi doirasida «Inter» safarda «Lasio»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. O‘yindan so‘ng milanliklar bosh murabbiyi Kristian Kivu jamoasining ko‘rsatgan o‘yinidan mamnunligini izhor qildi.

Mutaxassis uchrashuvdan so‘ng jamoaviy ruhni alohida e’tirof etib, nafaqat Lautaro Martines, balki butun tarkibning hissasini ta’kidlab o‘tdi.

«Lautaro bor vujudi va professionalizmi bilan harakat qilmoqda. Biroq bu, avvalo, unga ergashayotgan va muhim ishlarni birgalikda bajarayotgan jamoadoshlarining mehnatidir. Bu fantastik jamoa va u hozir o‘zgacha davrni boshdan kechirmoqda», — dedi Kivu.

Shuningdek, murabbiydan Joze Mourinyoning hozirgi «Inter» va 2010 yilgi afsonaviy tarkibni qiyoslagani haqida so‘rashdi.

«Buni Mourinyoning o‘zidan so‘rash kerak. Men o‘sha tarkibning bir qismi bo‘lganimdan faxrlanaman. Ikki avlodni o‘zaro solishtirishning imkoni yo‘q, chunki oradan 16 yil o‘tdi va futbol ancha o‘zgardi. Lekin hozirgi jamoa ham xuddi o‘sha yillardagidek muxlislarga quvonch ulashmoqda, eng muhimi shu», — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Ma’lumot uchun, «Inter» 85 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va allaqachon chempionlikni naqd qilgan. 51 ochkoga ega «Lasio» esa 8-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 05:42, 10.05.2026.
O'qildi: 494 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик