Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/10 00:45 Udineze 0-2 Milan
26/10 01:00 Barselona 1-2 Real Madrid
26/10 18:30 Xorazm 1-2 Navbahor
26/10 18:45 Neftchi 1-2 Al-Ittihod
26/10 21:00 Al-Ahli (SA) 2-1 Al-G‘arafa
26/10 21:00 Al-Ayn 2-1 Traktor
26/10 23:15 Al-Qodisiya 1-1 As-Sadd
26/10 23:15 Al-Quva al-Javiya 1-0 Paxtakor
27/10 01:00 Sevilya 2-0 Osasuna
27/10 22:30 Sassuolo - Lasio
28/10 00:45 Roma - Kalyari
28/10 00:45 Torino - Komo
28/10 22:30 Milan - Bolonya
28/10 22:30 Parma - Udineze
28/10 22:30 Venetsiya - Inter

YECHLning 2026/2027 yilgi mavsumi uchun 14 ta ishtirokchi nomi ma’lum bo‘ldi

YECHLning 2026/2027 yilgi mavsumi uchun 14 ta ishtirokchi nomi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

Yevropaning eng nufuzli klublar turniri — Chempionlar ligasining yangi mavsumi uchun yo‘llanmalar o‘z egalarini topishda davom etmoqda. Hozirga kelib, turnirning asosiy bosqichida ishtirok etadigan 14 ta jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

Kecha Fransiyaning «Lans» jamoasi ushbu ro‘yxatga qo‘shilgan 14-ishtirokchiga aylandi. Quyida ayni damda musobaqa yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ygan klublar bilan tanishishingiz mumkin:

  • Angliya: «Arsenal», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted»;

  • Ispaniya: «Barselona», «Real», «Vilyarreal», «Atletiko»;

  • Germaniya: «Bavariya», «Borussiya» Dortmund;

  • Fransiya: «PSJ», «Lans»;

  • Italiya: «Inter»;

  • Portugaliya: «Portu»;

  • Niderlandiya: PSV.

Mavsum yakuniga ko‘ra, jami 29 ta jamoa musobaqaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladi. Qolgan 7 ta o‘rin esa yozda bo‘lib o‘tadigan saralash bosqichi orqali aniqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumning final uchrashuvi 30 may kuni bo‘lib o‘tadi va unda «PSJ» hamda «Arsenal» jamoalari bosh sovrin uchun bahs olib borishadi. Bu ikkala jamoa ham ichki chempionatdagi natijalari orqali keyingi mavsum yo‘llanmasini allaqachon hal qilib bo‘lgan.

Kiritildi: 09:05, 10.05.2026.
O'qildi: 2195 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик