Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

«Liverpul» Alisson o‘rniga 3 ta nomzod topib qo‘ydi

«Liverpul» Alisson o‘rniga 3 ta nomzod topib qo‘ydi

Baho:
+ | -

«Liverpul» klubi rahbariyati jamoaning asosiy darvozaboni Alisson Beker o‘rniga munosib nomzod izlamoqda. Braziliyalik posbon yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirishi va faoliyatini Turinning «Yuventus» jamoasida davom ettirishi mumkin.

TuttoJuve nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «mersisaydliklar» uchun birinchi raqamli tanlov — ayni damda jamoa tarkibida bo‘lgan gruziyalik Georgiy Mamardashvili hisoblanadi. Shuningdek, ingliz klubi qiziqishlari doirasida «PSJ» a’zosi Lyuka Shevalye va «Aston Villa» posboni Emiliano Martines ham bor.

Ma’lumot uchun, Alisson «Liverpul» sharafini 2018 yil yozidan beri himoya qilib kelmoqda. 33 yoshli braziliyalikning amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi yakunida nihoyasiga yetadi. Uning bozor qiymati hozirda 17 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 13:18, 10.05.2026.
O'qildi: 1132 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик