Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/09 00:00 Sevilya 1-3 Barselona
20/09 10:00 Eron 0-0 Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina 1-1 Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe 1-0 Malaga
20/09 17:15 Andijon 1-4 Nasaf
20/09 18:00 Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone 2-0 Komo
20/09 18:00 Parma 2-1 Jenoa
20/09 18:00 Bornmut 0-1 Liverpul
20/09 18:00 Lids 0-0 Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti 5-3 Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona 1-2 OKMK
20/09 19:15 Atletiko 2-1 Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv 0-1 Neftchi
20/09 20:30 Fulhem 1-1 Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus 2-0 Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad
21/09 20:15 Xorazm - Qizilqum
22/09 10:00 Vyetnam - O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin - Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya - Saudiya Arabistoni

Yelichich: “Bizda ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi”

Yelichich: “Bizda ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston kubogi 1-turidan o‘rin olgan “Lochin” – “Lokomotiv” (1:0) o‘yinidan so‘ng mehmonlar ustozi Mirko Yelichich o‘z fikrlarini bildirdi.

“Raqiblarga gap yo‘q. Ular jismonan yaxshi futbol namoyish qilishdi. Shuni hisobga olgan holda kurashlarga tayyor turgandik. Mag‘lub bo‘lish alamli. Demak, ruhan ushbu o‘yinga tayyor bo‘lmaganmiz. Ikkinchi bo‘limda anchagina qo‘shgandik, biroq bu ham yetmadi. Bizning o‘yin sifatimiz esa o‘zimiz istagandek bo‘lmadi.

- "Lochin"ni himoyasi haqida fikrlaringiz. Raqib jamoa qanday himoyalandi?

- Yaxshi, yomon emas. Ularda tezlik bor, yaxshi kurashishdi. Bizda ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi, biroq ular gol o‘tkazishmadi. Bir vaziyatda fol berilishi kerak edi, lekin bu ham bo‘lmadi. Jismonan kuchli futbolchilar yaxshi kurashishdi.

- "Lokomotiv"ning ushbu mavsumda urgan gollaridan o‘tkazgan gollari ko‘proq. Buning sababi nimada?

- Biz jamoaviy o‘yin ko‘rsatyapmiz. Raqibning barcha harakatlarini ham o‘qib bo‘lmaydi. O‘tkazib yuborilgan gollarni ko‘rish oson. Biroq o‘yinning o‘zidan kelib chiqadigan bo‘lsak, ko‘plab qirralarimiz ochilmoqda. Bizda tarkibdagi barcha futbolchilar o‘z nuqtalariga javob berishadi. O‘tkazib yuborgan gollarimizning yarmi standartdan. Bu yaxshi emas. Bu tomonni ham yaxshilashga harakat qilyapmiz. Buning uchun ko‘proq mehnat qilish kerak.

- O‘tgan o‘yindan keyingi matbuot anjumanida kubok o‘yinlari orqali jamoani xalqaro maydonga qaytarishni istayotganingizni aytgandingiz. "Lokomotiv"ning kubokdagi maqsadi qanday? Jamoaning kubok orqali OCHLga chiqishiga ishonasizmi?

- Bu musobaqada barchaning imkoniyati bor, hattoki "Lochin"da ham. Kubokda istalgan raqib tushib qolishi mumkin. Eng muhimi shu uch o‘yin. Ayrim jamoalar bu bahslardan keyin charchoq alomatlarini his qilishi va xohlagan natijalar qayd etilishi mumkin. Bu esa qilingan mehnatlarni yo‘qqa chiqaradi.

Manba: https://t.me/LokomotivUzb
Kiritildi: 22:26, 10.05.2026.
O'qildi: 747 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик