Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Neymarning goli «Santos»ga «Red Bull Bragantino» ustidan g‘alaba keltirdi (videosharh)

Neymarning goli «Santos»ga «Red Bull Bragantino» ustidan g‘alaba keltirdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Braziliya chempionatining 15-turidan o‘rin olgan «Santos» — «Red Bull Bragantino» uchrashuvi yakunlandi. Bellashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

G‘olib jamoa safida Neymar va Adonis Frias gol muallifi bo‘lishdi.

Shu tariqa, «Santos» Braziliya chempionatidagi 3 o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasiga chek qo‘ydi. «Red Bull Bragantino» esa so‘nggi uch o‘yindagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi.

Ayni paytda «Santos» Braziliya chempionati jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi. «Red Bull Bragantino» esa yettinchi pog‘onadan joy olgan.

Keyingi turda «Santos» «Koritiba» bilan, «Red Bull Bragantino» esa «Vitoriya»ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvlar mos ravishda 17 va 18 may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Braziliya — A seriya. 15-tur
2026 yil 11 may, dushanba.
«Santos» — «Red Bull Bragantino» 2:0
Gollar: Neymar 45+5, Adonis Frias 76.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:16, 11.05.2026.
O'qildi: 1230 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик