Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Reshford: «Mashg‘ulotlarda jarima zarbasini bir marta ham golga aylantira olmagandim»

Reshford: «Mashg‘ulotlarda jarima zarbasini bir marta ham golga aylantira olmagandim»

Baho:
+ | -

«Barselona» futbolchisi Markus Reshford Madridning «Real» klubiga qarshi o‘yinda (2:0) jarima zarbasidan urgan goli haqida fikr bildirdi. Ingliz vingeri «El-Klasiko»ning 9-daqiqasidayoq hisobni ochgan edi. 18-daqiqada esa Ferran Torres ikkinchi golni urdi. Mehmonlar bu gollarga javob qaytara olishmadi.

«Bu safar gol ura olganim yaxshi bo‘ldi. Kechagi mashg‘ulotda biron marta ham buni uddalay olmagandim. Rostini aytsam, zarba berish niyatim yo‘q edi, lekin Dani va Pedri meni ko‘ndirishdi va men shunchaki vazifamni bajardim. Menga burchak noqulaydek tuyulgandi, buning ustiga Kurtua darvozada juda haybatli ko‘rinadi», — deya Barca Universal Reshfordning so‘zlarini keltiradi.

Kiritildi: 10:45, 11.05.2026.
O'qildi: 611 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик