Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ 1-1 Arsenal

Peter Shmeyxel «Arsenal»ni tanqid qildi: «Adolatli hakamlik bo‘lganda, ular peshqadam bo‘lmasdi»

Peter Shmeyxel «Arsenal»ni tanqid qildi: «Adolatli hakamlik bo‘lganda, ular peshqadam bo‘lmasdi»

Baho:
+4 | -

«Manchester Yunayted»ning afsonaviy sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel hakamlar «Arsenal»ga juda ko‘p narsaga ruxsat berayotgan deb hisoblaydi.

«To‘pchilar»ning raqiblari ko‘pincha burchak zarbalari vaqtida darvozabonlarni to‘sib qo‘yish holatlari Mikel Arteta jamoasiga «kechirilayotganidan» shikoyat qilishadi. Ushbu e’tirozlarga mashhur daniyalik ham qo‘shildi.

«Arsenal» butun mavsum davomida raqib darvozabonlarini to‘sib qo‘ymoqda. Agar bunday gollar bekor qilinganda, ular hech qachon peshqadamlar qatorida bo‘lmasdilar. Bu juda adolatsizlik. Bundan g‘azabdaman», — dedi Shmeyxel Viaplay efirida.

Yakshanba kuni «Arsenal» «Vest Xem» ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi. «To‘pchilar» 79 ochko bilan «Manchester Siti»ni (74 ochko, bitta zaxira o‘yini bor) ortda qoldirmoqda.

Kiritildi: 11:26, 11.05.2026.
O'qildi: 763 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик