Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arbeloa kelajagi bo‘yicha fikr bildirdi

Arbeloa kelajagi bo‘yicha fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o‘z kelajagi va mavsum yakunidagi vazifalar haqida fikr bildirdi.

Kecha La Liganing 35-turi doirasida «Madrid» safarda «Barselona»ga imkoniyatni boy berdi (0:2). Ushbu g‘alabadan so‘ng kataloniyaliklar chempionlikni qo‘lga kiritishdi.

«Biz doimgidek klub rahbariyati bilan albatta gaplashib olamiz. Hozirda jamoa mavsumni ko‘tarinki ruhda yakunlashini va qolgan uchta o‘yinda taslim bo‘lmasligini istayman. Yaxshi mashq qilayotgan futbolchilarda maydonga tushish va mavsumni maydonda tugatish imkoniyati bo‘ladi.

Ayni damda maqsadim shu va yaqin ikki hafta ichida bor e’tiborimni aynan shunga qarataman. Kelajakka kelsak — buni 24–25 may kunlaridan keyin ko‘rib chiqamiz», — dedi Arbeloa.

Eslatib o‘tamiz, Alvaro yanvar oyi boshida Xabi Alonso o‘rnini egallab, «qaymoqranglilar» ustoziga aylangan edi. Uning boshqaruvidagi 25 ta o‘yinda jamoa 15 ta g‘alaba, 8 ta mag‘lubiyat va 2 ta durang qayd etdi. «Madrid» ushbu mavsumni sovrinsiz yakunlamoqda.

Kiritildi: 13:28, 11.05.2026.
O'qildi: 1648 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик