Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Atalanta» 1943 yildan beri ilk bor «Milan»ni safarda ketma-ket ikki bor mag‘lub etdi

«Atalanta» 1943 yildan beri ilk bor «Milan»ni safarda ketma-ket ikki bor mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Italiya A Seriyasining 36-turida «Milan» navbatdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. «Rossonerilar» o‘z maydonida «Atalanta»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, «Atalanta» sakson yildan ko‘proq vaqt ichida ilk bor chempionat doirasida «Milan»ga qarshi safardagi ikkita o‘yinda ketma-ket g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Bir yildan sal ko‘proq vaqt oldin, 2025 yilning 20 aprelida Bergamo klubi mehmonda minimal hisobda zafar quchgan edi. Oradan bir yil-u uch hafta o‘tib, ular bu muvaffaqiyatni 3:2 hisobidagi g‘alaba bilan takrorlashdi.

Oxirgi marta «Atalanta» «San-Siro»da bunday seriyani uzoq 1943 yilda qayd etgan edi — o‘shanda bergamoliklar hatto ketma-ket uchta o‘yinda g‘olib chiqishgan.

Kiritildi: 18:34, 11.05.2026.
O'qildi: 669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик