Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

"Liverpul" Jarrod Bouen transferini ko‘rib chiqmoqda

"Liverpul" Jarrod Bouen transferini ko‘rib chiqmoqda

Baho:
+ | -

"Vest Xem" hujumchisi Jarrod Bouen joriy yozgi transfer oynasida London klubini tark etishi mumkin. Daily Mail nashrining xabariga ko‘ra, Premyer-liganing bir nechta klublari 29 yoshli futbolchining holatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Garchi "Vest Xem" ayni damda APLda jon saqlab qolish uchun kurashayotgan bo‘lsa-da, klub ligada qolishni uddalagan taqdirda ham Bouenning ketishiga ruxsat berilishi kutilmoqda.

"Liverpul" klubi Angliya terma jamoasi a’zosining azaliy muxlisi hisoblanadi. Mersisaydliklar Muhammad Salohdan keyingi davr uchun reja tuzish va hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Bouenni asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rmoqda.

Shuningdek, hujum chizig‘ida islohotlar o‘tkazishni rejalashtirgan Eddi Hau boshchiligidagi "Nyukasl" ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Bundan tashqari, "Everton" varianti ham istisno etilmayapti — "irislar" ustozi David Moyes 2020 yilda Bouenni "Vest Xem"ga aynan o‘zi taklif qilgani bois uning iqtidorini yuqori baholaydi.

Vaziyatga yaqin manbalarning ta’kidlashicha, kelayotgan transfer oynasida Bouenning transferi 60 million funt sterlingdan kamroq mablag‘ evaziga amalga oshishi mumkin.

Kiritildi: 10:17, 12.05.2026.
O'qildi: 186 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик