Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bavariya» APLning eng yaxshi hujumchilaridan birini qo‘lga kiritish uchun kurashda peshqadam

«Bavariya» APLning eng yaxshi hujumchilaridan birini qo‘lga kiritish uchun kurashda peshqadam

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi APLning eng yaxshi hujumchilaridan birini qo‘lga kiritish uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda.

Mashhur jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, Germaniya grandi ayni damda «Nyukasl» a’zosi Entoni Gordonni sotib olishga asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Futbolchi shu yozda klubni tark etishi mumkin.

Qayd etilishicha, «Barselona» ham 25 yoshli ingliz futbolchisining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda va uning vaziyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Joriy mavsumda Entoni Gordon «Nyukasl» safida barcha turnirlarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 60 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:43, 12.05.2026.
O'qildi: 1010 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик