«Aston Villa» yozgi transferlar oynasida «Arsenal» yarim himoyachisi Itan Nvanerini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Sports Boom nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «Arsenal» 18 yoshli iqtidor sohibini taxminan 62 million yevro evaziga sotishga tayyor. London klubi yozgi faol transfer kampaniyasi uchun byudjet shakllantirishga intilmoqda. Nvaneri anchadan beri «Arsenal»ning eng istiqbolli o‘yinchilaridan biri hisoblab kelinadi, biroq joriy mavsumda u doimiy o‘yin amaliyoti borasida qiyinchiliklarga duch keldi va mavsumning bir qismini «Marsel»da ijarada o‘tkazdi.
Alohida qayd etilishicha, transfer amalga oshgan taqdirda, Nvaneri jamoada ijara asosida to‘p surayotgan, ammo hozircha asosiy tarkibdan mustahkam o‘rin egallay olmagan Xarvi Elliottga potensial o‘rinbosar sifatida ko‘rilishi mumkin.













