Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Pep Gvardiola APLdagi chempionlik kurashi va «Siti»ning jarohatlangan futbolchilari haqida gapirdi

Pep Gvardiola APLdagi chempionlik kurashi va «Siti»ning jarohatlangan futbolchilari haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL doirasida «Kristal Pelas»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin borasidagi kutishlari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv 13 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Ispaniyalik mutaxassis London klubi an’anaviy tarzda uning jamoasiga jiddiy muammolar tug‘dirishini ta’kidladi.

«Ular bilan o‘yinlar har doim qiyin kechgan — Roy Xojson davrida ham, hozirgi Oliver Glasner qo‘l ostida ham shunday. Bu top-jamoa, ularni mag‘lub etish juda mushkul. Tarkibda rotasiya bo‘lgan taqdirda ham, jamoaning sifati yo‘qolmaydi», — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirmoqda BBC.

«Shaharliklar» ustozi chempionlik uchun kurash ketayotganiga qaramay, jamoa ichidagi bosim o‘zgarmaganini qayd etdi:

«Bosim bir kun oldin, bir hafta yoki ikki hafta oldin qanday bo‘lsa, shundayligicha qolmoqda. Hammasi avvalgidek».

Gvardiola tarkib bo‘yicha ijobiy yangiliklar borligini ham qo‘shimcha qildi: yarim himoyachi Rodri o‘zini yaxshi his qilmoqda va mashg‘ulotlarda ishtirok etishi mumkin. Himoyachi Abduqodir Husanov esa «Everton» bilan o‘yinda olgan jarohatidan so‘ng safga qaytishga yaqin turibdi.

Ayni damda «Manchester Siti» bitta zaxira o‘yiniga ega holda «Arsenal»dan 5 ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Kristal Pelas» esa 15-pog‘onani egallab turibdi.

Kiritildi: 17:21, 12.05.2026.
O'qildi: 335 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик