Kirish Ro'yxatdan o'tish

Luis Enrike o‘zaro to‘qnashuv oldidan «Lans»ni maqtadi

Luis Enrike o‘zaro to‘qnashuv oldidan «Lans»ni maqtadi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya chempionatidagi raqobat uchun «Lans» jamoasi va ularning ustozi Pyer Sajni yuqori baholadi.

«Fransiyaga kelganimdan beri ular bizga boshqa har qanday jamoadan ko‘ra ko‘proq tashvish tug‘dirishdi. Pyer Sajni ushbu mavsumda Liga 1ning eng yaxshi murabbiyi sovrinini qo‘lga kiritgani bilan tabriklamoqchiman, chunki u bunga loyiq edi. U aql bovar qilmas ishni amalga oshirdi. Menimcha, hozirda «PSJ» va «Lans» Fransiyaning eng kuchli ikki jamoasi hisoblanadi», — dedi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, «Lans» va «PSJ» jamoalari chorshanba, 13 may kuni Liga 1ning 29-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yinda o‘zaro to‘qnash kelishadi.

Kiritildi: 20:59, 12.05.2026.
O'qildi: 624 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик