«Real» prezidenti Florentino Peres seshanba kungi matbuot anjumanida, tabiiyki, «Negreyra ishi»ga ham to‘xtalib o‘tdi. Peres hakamlarning adolatsizligi haqida ko‘p gapirdi va hatto «Barselona»ga UYEFA uchun tayyorlanayotgan 500 sahifalik hujjat bilan tahdid qildi.
Shuningdek, Peres agar hamma narsa adolatli bo‘lganida, uning prezidentligi davrida «Real» ikki baravar ko‘p chempionlikka ega chiqqan bo‘lishini ta’kidladi.
«Men La Liganing 7 ta titulini qo‘lga kiritdim. Lekin ular 14 ta bo‘lishi kerak edi. Mendan 7 ta chempionlikni o‘g‘irlashdi. Bizni talashdi. Ushbu mavsumda Ispaniya chempionatida bizdan 18 ochkoni tortib olishdi», — dedi Peres matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni «Barselona» «Real»ni mag‘lub etdi (2:0) va chempionlikni rasmiylashtirdi.













