Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

ESPN futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatining asosiy favoritini ma’lum qildi

ESPN futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionatining asosiy favoritini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Amerikaning ESPN sport portali mundial start olishiga 30 kun qolganida 2026 yilgi jahon chempionati g‘olibligi uchun asosiy da’vogarlar reytingi yangilangan versiyasini taqdim etdi.

Reytingda birinchi o‘rinni Ispaniya egalladi. ESPN jurnalistlari «Barselona» vingeri Lamin Yamalning jarohatiga qaramasdan, ispanlarni bo‘lajak mundialning asosiy favoriti deb hisoblamoqda.

Ikkinchi o‘rindan Fransiya joy olgan bo‘lsa, amaldagi jahon chempioni Argentina uchinchi pog‘onadan o‘rin egalladi. Shuningdek, kuchli beshlikka Angliya va Braziliya ham kirdi.

41 yoshli Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi Portugaliya oltinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Germaniya yettinchi pog‘onaga joylashdi.

Shuningdek, ESPN tarixda ilk bor jahon chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekistonga ham e’tibor qaratdi. O‘zbekiston K guruhidan Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR bilan birga joy olgan.

O‘zbekistonning guruhdagi raqibi bo‘lgan Kolumbiya reytingda 12-o‘rinni egallagan, Portugaliya esa titul uchun asosiy olti da’vogar qatoriga kiritilgan.

Shuningdek, dunyoning eng kuchli terma jamoalari ro‘yxatidan Niderlandiya, Marokash, Norvegiya, Belgiya, Senegal, Xorvatiya va Yaponiya ham o‘rin olgan.

ESPN talqiniga ko‘ra 2026 yilgi jahon chempionati favoritlari top-15 reytingi:

1. Ispaniya
2. Fransiya
3. Argentina
4. Angliya
5. Braziliya
6. Portugaliya
7. Germaniya
8. Niderlandiya
9. Marokash
10. Norvegiya
11. Belgiya
12. Kolumbiya
13. Senegal
14. Xorvatiya
15. Yaponiya

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Turnir 11 iyun kuni Meksika — JAR uchrashuvi bilan start oladi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 06:04, 13.05.2026.
O'qildi: 368 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик