Ispaniyaning «Vilyarreal» klubi oxirgi yigirma yil ichidagi eng yaxshi mavsumini o‘tkazishga yaqin turibdi. Hozirda jamoa turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi va bu pozisiyani saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Jamoa qolgan uchta o‘yinda to‘rt ochko jamg‘arish Ispaniya chempionati shohsupasidan joy olishni ta’minlaydi.
Klub oxirgi marta bunday muvaffaqiyatli natijani 2007/2008 yilgi mavsumda qayd etgan edi — o‘shanda «Vilyarreal» hatto Kataloniyaning «Barselona» jamoasini ham ortda qoldirib, La Ligada ikkinchi o‘rinni egallagan. Shundan so‘ng jamoa ikki bor, 2011 va 2016 yillarda mavsumni to‘rtinchi o‘rinda yakunlagan edi. Mana endi yana bir bor kuchli uchlikka kirish uchun ajoyib imkoniyat yuzaga keldi.













