Milanning «Inter» klubi hujumchisi Lautaro Martines «Lasio»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Italiya Kubogi finali haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uchrashuv bugun bo‘lib o‘tadi. Jamoalarning Seriya Adagi yaqin oradagi bahsi «neradzurri»ning 3:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
«Biz finalda albatta boshqacha o‘yin bo‘lishini kutmoqdamiz. «Lasio» — yaxshi o‘yinchilarga ega, taktik jihatdan shakllangan jamoa, shuning uchun bizga oson bo‘lmaydi. Bu final, sovrin o‘rtaga tikilgan — biz oldinda turgan bahsga tayyor bo‘lishimiz kerak. Menimcha, ajoyib o‘yin bo‘ladi. Gap tarix yaratish yoki o‘tgan mavsum uchun revansh olish haqida ketmayapti — biz shunchaki imkon qadar ko‘proq kuboklarni qo‘lga kiritishni istaymiz. Uch yildan beri Italiya Kubogida zafar quchmadik, oldinda atigi bir qadam qoldi. Barcha fikrlarimiz finalga qaratilgan», — dedi jamoa sardori klub kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, «Inter» muddatidan oldin Italiya chempioni degan nomni naqd qilib bo‘lgan. Final uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da (payshanbaga o‘tar kechasi) boshlanadi.













