Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Braziliya ustozi «Real» yulduzlarini himoya qilib chiqdi

Braziliya ustozi «Real» yulduzlarini himoya qilib chiqdi

Baho:
+ | -

Hozirda Braziliya terma jamoasini boshqarayotgan Karlo Anchelotti «Real» murabbiylari duch keladigan qiyinchiliklar haqidagi qarashlarga munosabat bildirdi.

Futbol olamida «qirollik klubi» yulduzlari qat’iy taktik cheklovlarni yoqtirmasligi va maydonda erkin harakat qilishni istashi haqidagi nazariya mavjud. Ko‘pchilik Rafael Benites va yaqinda iste’foga chiqarilgan Xabi Alonso aynan shu «fenomen» qurboni bo‘lganini ta’kidlaydi. Biroq italiyalik mutaxassis bu fikrlarga qo‘shilmaydi.

«Yo‘q, aslo unday emas. Bu gaplar xuddi futbolchilar nimani xohlasa, shuni qiladigandek tuyuladi, lekin bu noto‘g‘ri tushuncha. Bu shunchaki bema’nilik, bunga o‘xshash hech narsa yo‘q», — deya Anchelottining so‘zlarini keltiradi Madrid Zone nashri.

Eslatib o‘tamiz, Anchelottining o‘zi «Real»dagi faoliyati davomida aynan yulduz futbolchilarning kuchli tomonlariga moslasha olish qobiliyati tufayli muvaffaqiyat qozongan murabbiy sifatida e’tirof etiladi.

Kiritildi: 12:54, 13.05.2026.
O'qildi: 283 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик