Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Peresning va’dasi ish bermadi

Peresning va’dasi ish bermadi

Baho:
+ | -

«Real» prezidenti Florentino Peres Chempionlar Ligasi chorak finalida «Bavariya» to‘sig‘idan o‘tish uchun futbolchilarga katta miqdorda mukofot puli va’da qilgani ma’lum bo‘ldi.

AS nashriga tayanib The Touchline xabar berishicha, Peres yarim final yo‘llanmasi uchun har bir futbolchiga 500 ming yevrodan bonus taklif qilgan. Klub rahbariyati bunday rag‘bat jamoa uchun qo‘shimcha motivasiya bo‘ladi, deb hisoblagan.

Biroq Alvaro Arbeloa shogirdlari Myunxen klubi to‘sig‘idan o‘ta olishmadi. Madridliklar dastlab o‘z uylarida (1:2), so‘ngra safarda (3:4) imkoniyatni boy berishdi. Shu tariqa, «Real» 2025/2026 yilgi mavsumni birorta sovrinsiz yakunlaydigan bo‘ldi. Yaqin haftalar ichida jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumning Chempionlar Ligasi finalida «PSJ» va Londonning «Arsenal» jamoalari to‘qnash kelishadi. Turnirning bosh sovrini uchun bahs 30 may kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 18:09, 13.05.2026.
O'qildi: 418 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик