«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Tuttosport nashrining xabar berishicha, Turinning «Yuventus» klubi 31 yoshli portugaliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqmoqda. Italiyaliklar Silvaga yiliga «toza» 6 million yevro maosh va qo‘shimcha 2 million yevro bonus (ECHLga yo‘llanma hamda gollar va o‘yinlar soni uchun) taklif qilishga tayyor. Kelishuv 2+1 ko‘rinishida bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Hozirda erkin agent maqomida bo‘lgan Bernardu Silva ushbu taklifni ko‘rib chiqmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, u Italiyadagi sharoitlar haqida sobiq «Yuventus» a’zolari — Krishtianu Ronaldu, Joau Kanselu va Danilo bilan maslahatlashgan. Ularning barchasi Silvaga Turin klubiga o‘tish g‘oyasini ma’qullab, ijobiy fikrlar bildirishgan.
Eslatib o‘tamiz, Bernardu Silva 9 yillik muvaffaqiyatli faoliyatidan so‘ng shu yozda «Manchester Siti»ni tark etishi rasman tasdiqlangan.













