Kirish Ro'yxatdan o'tish

Liga1. «Lans» — «PSJ» bahsi tarkiblari e’lon qilindi

Liga1. «Lans» — «PSJ» bahsi tarkiblari e’lon qilindi

Baho:
+ | -

Bugun, 13 may kuni Fransiya Liga 1 musobaqasining 29-turidan o‘rin olgan qoldirilgan markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda turnir jadvali peshqadami «PSJ» safarda ikkinchi o‘rinda borayotgan «Lans» mehmoni bo‘ladi.

Lansdagi «Bollar-Delelis» stadionida kechadigan bahsni Benua Bastyen boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanishi belgilangan.

Jamoalar maydonga quyidagi tarkiblarda tushishadi:

«Lans»: Risser, Ganyu, Baydu, Sarr, Yudol, Tomasson, Sangare, Agilar, Eduar, Said, Sima.

«PSJ»: Safonov, Beraldo, Zabarniy, Ernandes, Mayulu, Fernandes, Nevesh, Kvarasxeliya, Dembele, Due, Barkola.

Ayni damda «PSJ» 32 o‘yindan so‘ng 73 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Lans» esa 67 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab turibdi. Agar bugun parijliklar g‘alaba qozonishsa, chempionlik masalasini deyarli hal qilishadi.

Ma’lumot uchun, ushbu jamoalarning birinchi davradagi to‘qnashuvida «PSJ» 2:0 hisobida zafar quchgan edi.

Liga 1ning so‘nggi hal qiluvchi tur o‘yinlari 17 may kuni bo‘lib o‘tadi. Unda «PSJ» o‘z shahardoshi «Parij» bilan, «Lans» esa «Lion» bilan bahs olib boradi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:25, 13.05.2026.
O'qildi: 787 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик