Kirish Ro'yxatdan o'tish

Messi MLSning eng yaxshi to‘purariga deyarli yetib oldi

Messi MLSning eng yaxshi to‘purariga deyarli yetib oldi

Baho:
+ | -

Lionel Messi MLS doirasida kechgan gollarga boy bahsda «Inter Mayami»ga «Sinsinnati» ustidan g‘alaba qozonishga yordam berdi (5:3).

38 yoshli hujumchi uchrashuvning 24 va 55-daqiqalarida raqib darvozasini ishg‘ol qilib, dublga erishdi. Garchi ayrim manbalar 89-daqiqadagi golni ham argentinalik yulduz nomiga yozishayotgan bo‘lsa-da, MLS rasman bu vaziyatni «Sinsinnati» futbolchisining avtogoli sifatida qayd etdi.

Ushbu dubldan so‘ng Messining joriy mavsumdagi gollari soni 11 taga yetdi. U to‘purarlar poygasida «Dallas» a’zosi Petar Musa bilan birgalikda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Ayni damda «Chikago» hujumchisi Ugo Kyoypers 12 ta gol bilan peshqadamlik qilmoqda.

Shu tariqa, «Inter Mayami» 25 ochko bilan Sharqiy konferensiyada ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Flamingolar» faqatgina «Neshvill»dan (27 ochko) ortda qolishmoqda.

Kiritildi: 08:34, 14.05.2026.
O'qildi: 926 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик