Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Yuventus» «Real» vingerini sotib olishni rejalashtirmoqda

«Yuventus» «Real» vingerini sotib olishni rejalashtirmoqda

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumkor yarim himoyachisi Braim Dias faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Italiya OAVlarining xabar berishicha, Turinning «Yuventus» klubi futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

«Keksa sinyora» rahbariyati tez orada marokashlik futbolchining transferi bo‘yicha «qirollik klubi»ga rasmiy taklif yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 26 yoshli vinnerga «Yuve» hujum chizig‘ini kuchaytira oladigan asosiy nomzod sifatida qaramoqda.

Braim Diasning «qaymoqranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Braim Dias joriy mavsumda Ispaniya chempionati doirasida 27 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Marokash terma jamoasi a’zosi ushbu bahslarda 5 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgan.

Kiritildi: 12:58, 14.05.2026.
O'qildi: 1358 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик