Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Portu» Levandovskiga jiddiy qiziqish bildirmoqda

«Portu» Levandovskiga jiddiy qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

Robert Levandovski faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Sky Sport jurnalisti Florian Plettenbergning bergan ma’lumotiga ko‘ra, «Portu» klubi «Barselona» hujumchisiga aniq qiziqish bildirmoqda. Biroq, hozircha hech qanday kelishuvga erishilmagan.

Qayd etilishicha, polshalik futbolchida ko‘plab takliflar bor va kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomani uzaytirish ehtimoli ham hali yo‘qqa chiqarilmagan. Uning hozirgi kelishuvi shu mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi.

La Liganing joriy mavsumida 37 yoshli forvard 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:41, 14.05.2026.
O'qildi: 567 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик