Kirish Ro'yxatdan o'tish

Malago Gvardiolani Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlamoqchi

Malago Gvardiolani Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlamoqchi

Baho:
+ | -

Italiya futbol federasiyasi prezidentligiga nomzodlardan biri Jovanni Malago Pep Gvardiolani milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda La Repubblica nashri xabar bermoqda.

Ushbu lavozimga Massimiliano Allegri nomzodi ham ko‘rib chiqilayotgan bo‘lsa-da, aynan Gvardiola Malago uchun asosiy maqsad hisoblanadi. Ispaniyalik mutaxassisning «Manchester Siti» bilan shartnomasi yana bir yil davom etadi. Angliyadagi faoliyatini yakunlagach, u tanaffus olishi mumkin, biroq milliy terma jamoadagi ish ehtimoliy murosa sifatida ko‘rilmoqda.

Asosiy masala moliyaviy tomonga bog‘liq: Gvardiolaning «Manchester Siti»dagi maoshi yiliga taxminan 23 million yevroni tashkil qiladi, Italiya terma jamoasining avvalgi murabbiylari esa bundan ancha kam maosh olishgan.

Federasiya prezidentligi uchun saylovlar 22 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Eslatib o‘tamiz, Italiya terma jamoasi qatorasiga uchinchi bor Jahon chempionatidan quruq qolganidan so‘ng bosh murabbiysiz va federasiya rahbariyatisiz qolgan edi.

Kiritildi: 19:16, 14.05.2026.
O'qildi: 674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик